
« PIC NIC »
Where
Государственный драматический театр УзбекистанаУл.Уйгур, 2, Шайхантахурский район, ТашкентAbout the event
Ispan dramaturgi Fernando Arrabal qalamiga mansub bu pyesa paradoks teatriga tegishli bo’lib, bu muallifning hodisalarga umuman boshqa tomondan qarashini ham tasvirlaydi. Pyesa muallifning ilk asari bo’lib, uni yigirma yoshida Koreya urushi ta’sirida yozgan. Biroq bu asar barcha urushlarni qoralovchi asar bo’lib qoldi. Pyesa voqyealari urush maydonida bo’lib o’tadi. “Piknik” asli “dala sayli” degan ma’noni anglatadi, biroq pyesani o’qish jarayonida bu jang maydonidagi sayr ekanligi anglashiladi. Pyesa bir pardali bo’lishiga qaramay, o’zida juda katta g’oyani aks ettiradi. Urush maydonidagi Saponi yoniga urush dahshatlarini tasavvuriga sig’dirolmaydigan ota-onasi yakshanbani o’g’li bilan o’tkazish uchun keladi. Dushman askari Sepo paydo bo’lganda Sapo uni asirga oladi, lekin uni piknikda ishtirok etish uchun taklif etadi. Piknik yuqori kayfiyatda, insoniy fazilatlar bilan davom etadi, biroq beshavqat urush maydoni ularni mavh etadi. Pyesa barcha zamonlar va barcha jamiyatlarda insonlar hayotiga qiron keltirgan urushning jirkanch qiyofasi ochiladi. Urushni boshlagan insonlar endi uni to’xtata olmayotgani tasvirlanadi.
Similar events
Qo‘shiq va kulgi kechasiSat 28 Novemberfrom 77 000
Аладдин и его волшебная лампаSat 28 Novemberfrom 100 000
Колыбельная для БелоснежкиSat 28 Novemberfrom 100 000
СчастливчикSat 28 Novemberfrom 55 000
Необыкновенные МузыкантыSun 29 Novemberfrom 100 000
NASRIDDIN AFANDISun 29 Novemberfrom 55 000Tickets are sold by iTicket.uz.
